Joriy yilning 13-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Erjar MFY hududida “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi. 🗣️Tadbir davomida aholiga kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, uning dunyoqarashni kengaytirish, bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, fuqarolarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob o‘qishga qiziqishlarini oshirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishga chaqirildi. ✨Zero, kitob o‘qigan insonning fikri teran, dunyoqarashi keng bo‘ladi!