Ochilish marosimi

Joriy yilning 16-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida INFOLIB O'zbekiston–2026 XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini keng targ‘ib etish hamda kitob va kitobxonlikning inson hayotidagi muhim o‘rnini namoyon etishdan iborat bo‘ldi. Ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, unda dastlab haftalikning mazmun-mohiyati, uning mamlakatimiz axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan kitobxonlikni targ‘ib etuvchi sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Yoshlardan iborat ijodiy jamoaning kuy-qo‘shiq va raqs ijrolari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Haftalik doirasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, adabiyotga mehr uyg‘otish, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitob taqdimotlari, intellektual o‘yinlar hamda turli qiziqarli loyihalarni tashkil etish rejalashtirilgan.