Uch_avlod_uchrashuvi

#Uch_avlod_uchrashuvi #Infolib_2026 🖥 Joriy yilning 16-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida INFOLIB O‘zbekiston–2026 XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida uch avlod vakillari o‘rtasida “Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. 🗣️Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — turli avlod vakillari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muloqotni rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, kattalarga ehtirom, Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat. Tadbir davomida nuroniylar o‘zlarining hayotiy tajribalari, bosib o‘tgan mashaqqatli va sharafli yo‘llari, mehnat faoliyatlari hamda hayot saboqlari haqida so‘zlab berdilar. Ular yoshlarni bilim olishga, kitob mutolaa qilishga, vaqtni qadrlashga, odob-axloqli va el-yurtga munosib inson bo‘lib voyaga yetishga da’vat etdilar. O‘quvchilar esa faxriy avlod vakillarining samimiy suhbatlarini katta qiziqish bilan tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.