Davra suhbati

Joriy yilning 16-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 11-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Jahon adabiyotining buyuk ruhshunosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida jahon adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan buyuk adiblarning hayoti va ijodi, ularning asarlarida inson ruhiyati, kechinmalari, orzu-umidlari hamda insoniy fazilatlarning badiiy ifodasi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar jahon adabiyotining nodir durdonalari, mashhur yozuvchilarning ijodiy merosi va asarlarning tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar qalbida badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish hamda mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashni boyitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✨Kitob – inson ruhiyatining ko‘zgusi, mutolaa esa qalb va tafakkur tarbiyachisidir!