Sayohat

Joriy yilning 16-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 5-maktab o‘quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab tanishtiruv sayohati tashkil etildi. 🗣️Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning faol kitobxonlar burchagi, ma’naviyat burchagi hamda kutubxona fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, mavjud adabiyotlar, kitoblarni tanlash va mutolaa qilishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va kutubxonaga qiziqish uyg‘otishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday tanishtiruv sayohatlari yosh avlodning bilimga intilishini kuchaytirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✨Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir!