Joriy yilning 16-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 11-maktab o‘quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab tanishtiruv sayohati tashkil etildi. 🗣️Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning faol kitobxonlar burchagi, ma’naviyat burchagi hamda kutubxona fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, mavjud adabiyotlar, kitoblarni tanlash va mutolaa qilishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✨Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir!