Kitobxon onalar kuni

Joriy yilning 17-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Oqila ayollar a’zolari, “Buvijonlar maktabi” vakillari hamda guruh rahbari Sharbatoy Yoqubova tashabbusi bilan “Kitobxon ona — zamon bilan hamnafas” mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlar, ayniqsa, onalar va buvijonlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish, milliy qadriyatlarimiz va oilaviy tarbiya an’analarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Adabiy-musiqiy kecha davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, kitobxon onaning oiladagi va jamiyatdagi ahamiyati, yosh avlod tarbiyasida mutolaaning o‘rni haqida mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. She’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. ✨Kitob bilan hamnafas hayot — ma’rifatli kelajak sari ishonchli qadam!