Joriy yilning 17-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026 IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Zukko kitobxonlar ligasi” loyihasining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi. 🗣️Mazkur loyihada ishtirokchilar o‘zlarining kitob mutolaasi davomida egallagan bilimlari, badiiy asarlar mazmuni, adiblar hayoti va ijodi hamda adabiyotga oid savollar yuzasidan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, zukkolik, topqirlik va tezkorlik borasida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Qiziqarli savol-javoblar va intellektual shartlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Loyiha yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, kitobxonlikni ommalashtirish, bilimli va faol kitobxonlarni aniqlash hamda rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.