Joriy yilning 17-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida INFOLIB – 2026 O‘zbekiston Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yoshlar – bilim va kelajak bunyodkori” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, kasb-hunar egallashi hamda kelajakda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiluvchi 30 dan ortiq badiiy va ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar mazmuni yuzasidan ishtirokchilarga batafsil sharhlar berildi. Shuningdek, yoshlarga oid adabiyotlarning ahamiyati, kitob mutolaasining bilim olish va hayotiy maqsadlarni belgilashdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.