Joriy yilning 18-noyabr kuni INFOLIB O‘zbekiston–2026 XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi taniqli shoir Ro‘zimurod Bolqiyev hamda faol kitobxonlar ishtirokida ochiq muloqot, she’riyat kechasi va “Bir shingil ijod–20” nomli kitob taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda Oqila ayollar jamoasi hamda “Buvijonlar maktabi” a’zolari ham faol ishtirok etdilar. 🗣️Ijodiy uchrashuv davomida shoirning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, she’riyat olami va yangi kitobining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Samimiy muloqot jarayonida ishtirokchilar shoirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, she’rlaridan namunalar tingladilar. She’riyat va adabiyotga oshno qalblarni bir davraga jamlagan mazkur uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. ✨Zero, she’riyat — qalblarni yaqinlashtiruvchi, insonni ezgulikka chorlovchi bebaho ma’naviy xazinadir!