Joriy yilning 18-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Zoom platformasi orqali Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan “Kutubxonalarda topografik katalog kartochkasini to'ldirilishi va joylashtirish usuli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 🗣️Seminar davomida Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati rahbari X. Batirova tomonidan slaydlar orqali topografik katalog kartochkalarini to'g'ri to'ldirish, tartib bilan joylashtirish hamda kutubxona fondlari bilan ishlash bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.