Manaviy_marifiy

Joriy yilning 18-noyabr kuni INFOLIB 2026 — XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 13-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Bayrog‘im — g‘ururim, iftixorim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimiz tarixi va milliy qadriyatlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat bo‘ldi. ✨Zero, Davlat bayrog‘i — xalqimizning g‘ururi, millatimizning iftixori va mustaqilligimizning yorqin timsolidir!