Joriy yilning 18-noyabr kuni Mirzacho‘l tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan “Muqaddas bayrog‘im – milliy g‘ururim” mavzusida kitobli, rasmli ko‘rgazma burchagi tashkil etildi. 🗣️Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, davlat ramzlariga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat. Ko‘rgazma burchagidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati haqida so'zlovchi adabiyotlar o'rin oldi. ✨Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz va mustaqilligimiz timsolidir!