Joriy yilning 18-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida INFOLIB 2026 – XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l 13-son musiqa maktabi xodimlari ishtirokida “Kim? Qachon? Qayerda?” nomli “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarga oid qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berib, o‘z bilimlari, topqirliklari va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan bellashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. ✨ Kitob – bilim manbai, bilim esa yuksak taraqqiyot kalitidir!