Joriy yilning 19-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Zoom platformasi orqali Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmatining faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi. 🗣️Seminar davomida axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmatining faoliyatini takomillashtirish, fondlarni yangi adabiyotlar bilan boyitish, kitob fondlarini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish hamda sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Tadbir kutubxona mutaxassislarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tajriba almashish hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. orqali topografik katalog kartochkalarini to'g'ri to'ldirish, tartib bilan joylashtirish hamda kutubxona fondlari bilan ishlash bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.