Joriy yilning 19-noyabr kuni "INFOLIB O‘ZBEKISTON-2026" XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida kutubxona xodimlarining zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Sun’iy intellekt — kutubxonachi yordamchisi: ssenariy, annotatsiya va ijtimoiy tarmoq postlarini 5 daqiqada tayyorlash” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. 🗣️Seminar davomida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tadbirlar uchun ssenariylar yaratish, kitoblarga annotatsiyalar tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun mazmunli va jozibador postlar yozish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga sun’iy intellekt vositalari yordamida kundalik ish jarayonlarini soddalashtirish, vaqtni tejash va axborot xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi. ✨Seminar yakunida sun’iy intellekt kutubxonachining o‘rnini bosuvchi emas, balki uning samarali faoliyat yuritishiga ko‘maklashuvchi zamonaviy yordamchi ekanligi ta’kidlandi.