Davra suhbati

Joriy yilning 19-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan “Baxtli bolalik — porloq kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida bolalikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida ta’lim-tarbiya, kitobxonlik va ma’naviyatning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Suhbat jarayonida bolalarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, mehr-oqibat, do‘stlik va insoniylik fazilatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✨Zero, baxtli bolalik — tinch va farovon jamiyatning, bilimli va ma’rifatli avlod esa porloq kelajakning mustahkam poydevoridir!