Joriy yilning 19-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 14-maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida “Bir kitob — ming taassurot” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 🗣️Tadbirda kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni, tafakkur va dunyoqarashni kengaytirish hamda ma’naviy kamolotga erishishdagi ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Suhbat jarayonida o‘quvchilarga kitob tanlash madaniyati, badiiy adabiyotni muntazam o‘qish, asarlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va olgan taassurotlarni o‘rtoqlashish yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek, qatnashchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari, olgan taassurotlari va adabiy qahramonlar haqidagi fikrlarini bildirdilar. Fikr almashuv chog‘ida kitobxonlikning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.