Seminar

Joriy yilning 20-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumda bo‘lajak kutubxonachilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Nazariyadan amaliyotga: bo‘lajak kutubxonachi bilishi shart bo‘lgan 5 ta muhim ko‘nikma” mavzusida seminar tashkil etildi. 🗣️Seminar davomida bo‘lajak kutubxonachilar uchun zarur bo‘lgan quyidagi muhim ko‘nikmalarga alohida e’tibor qaratildi: - Kitob fondini shakllantirish va adabiyotlarni tasniflash; - Kitobxonlarga sifatli axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish; - Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; - Kutubxona hujjatlarini yuritish va bibliografik ma’lumotlar bilan ishlash; - Kitobxonlar bilan samarali muloqot qilish va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish. Shuningdek, “Kutubxona detektivlari” — zakovat, mantiq va jamoaviy topqirlik bellashuvi. “Siz kutubxonaga emas, kelajakka kirdingiz” — eng dadil g‘oyalar va ertangi kun tasavvurlari yozilgan ijodiy o‘yinlar bo'lib o'tdi. Seminar jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kutubxonachilik kasbining bugungi kundagi ahamiyati hamda zamonaviy kutubxonachiga qo‘yiladigan talablar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. ✨Zero, zamonaviy kutubxonachi — nafaqat kitoblar saqlovchisi, balki bilim, ma’rifat va axborot olamiga yo‘l ko‘rsatuvchi mutaxassisdir!