Zakovat

Joriy yilning 20-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho‘l tumanidagi 14-maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bilim va tafakkur salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. O‘yin davomida ishtirokchilar turli mazmundagi savol va topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, zukkolik, topqirlik va tezkor fikrlash borasida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Shuningdek, jamoaviy hamkorlik, o‘zaro fikr almashish va bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda kechgan intellektual bellashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.