Joriy yilning 20-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🗣️Haftalik davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, axborot-kutubxona xizmatlarini yanada ommalashtirishga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, adabiy uchrashuvlar, kitob ko‘rgazmalari, viktorina va tanlovlar tashkil etildi. Tantanali yopilish marosimida haftalik davomida faol ishtirok etgan barcha qatnashchilar, kitobxonlar hamda tadbir tashkilotchilarining sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi. Haftalikda faol qatnashgan ishtirokchilarning barchasi faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ushbu haftalik nafaqat kitob va kitobxonlik bayrami, balki bilim, ma’rifat, ijodkorlik va ezgu tashabbuslarni birlashtirgan unutilmas ma’naviy tadbir bo‘ldi. ✨Kitob — ma’rifat chirog‘i, mutolaa esa tafakkur qanotidir!