Sir emaski,tarix insonga o'zligini tanishga va kimligini anglashga yordam beradi. Ayniqsa kelajagimiz egalari bo'lmish yoshlarning milliy davlatchiligimiz va tariximizni chuqurroq anglashlari eng muhim omildir. ✅ Shu maqsadda , joriy yilning 6-aprel kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan "Renessans" kitobxonlar klubi aʼzolari uchun, "Koʻhna va boqiy shahar- Samarqand" ga sayohat tashkil etildi. Sayohatda kitobxonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishib, yaxshi taassurotlar olishdi.