Mirzacho'l tuman kutubxonasining eng faol foydalanuvchilarini aniqladi. 📊 Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida "Bugungi kitobxon- ertangi lider" loyihasi doirasida 2025-yil I- chorak yakuni holatiga kutubxonaga eng ko'p tashrif buyurgan va eng ko'p kitob mutolaa qilgan kitobxonlar saralab olindi. 🥉 "Bugungi kitobxon- ertangi lider" loyihasi doirasida faol qatnashgan Mamatqulova Amina Otabek qizi. Bir chorakda kutubxonaga 29 kun tashrif buyurib, o‘zbek va jahon adabiyotini mutolaa qilib kelgan. Doimiy ravishda kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishib borgan.