Eng faol kitobxon

Mirzacho'l tuman kutubxonasining eng faol foydalanuvchilarini aniqladi. 📊 Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida "Bugungi kitobxon- ertangi lider"  loyihasi  doirasida  2025-yil I- chorak yakuni holatiga kutubxonaga eng ko'p  tashrif  buyurgan va eng  ko'p kitob mutolaa qilgan kitobxonlar  saralab  olindi. ✅ "Bugungi kitobxon- ertangi lider"  loyihasi  doirasida faol qatnashgan Asqarova Ruxshona Asqar qizi. Bir chorakda kutubxonaga 16 kun tashrif buyurib, o‘zbek va jahon adabiyotini mutolaa qilib kelgan. Doimiy ravishda kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishib borgan.