Ijodiy kecha

Mirzacho'l tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2025-yil 8-aprel kuni tarix zarvaraqlarida salmoqli nom qoldirgan ulug' davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Mirzacho'l agrosanoat texnikumi bilan hamkorlikda, "Dunyoni zabt etgan buyuk sarkarda" nomli ijodiy kecha tashkil qilindi. ✅ Tadbir davomida ishtirokchilar ishtirokida tarixiy sahna ko`rinishlar, "Temur tuzuklari" asarida keltirilgan iqtiboslar yig'ilganlar e'tiboriga havola qilindi. Ishtirokchilarning bilim va ko'nikmalarini tekshirish maqsadida o'tkazilgan qiziqarli savol-javoblar tadbirga o'zaga ruh va kayfiyat ulashdi.