Zukko kitobxon

📖Mirzachoʻl tumanida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodni kitobga qiziqtirish maqsadida Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ochilgan "Renessans" kitobxonlar klubi oʻz natijalarini berib boshladi. 📚🥇Joriy yilning 10-aprel kuni Adliya vazirligining Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan "Zukko kitobxon" tanlovining viloyat bosqichida Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi "Renessans" kitobxonlar klubi aʼzosi Abduvoitova Fotima Jamshid qizi faol qatnashib faxrli 1-oʻrin sovrindori boʻlib, Diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. 🧑🏻‍🏫📚Davron Adanov rahbarligidagi kitobxonlar klubimizda bunday kitobxonlarimiz juda koʻp va bu yutuqlarning boshlanishi albatda. Kitobxonlarimizga omad tilaymiz.📚💐🏆 📚💐🏆