Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi aholi va yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Bugungi kitobxon-ertangi lider" nomli loyihasi ishlab chiqildi. 📚Tumandagi barcha aholi va yoshlar ishtirok etishi mumkin. Loyiha davomida kutubxonaga eng koʼp tashrif buyurgan va eng koʼp kitob mutolaa qilgan kitobxonlar aniqlanib, oʼz darajalariga koʼra kutubxonamizda tashkil etilgan "Faol kitobxonlar" burchagidan oʼz joylarini egallaydilar. Belgillangan muhlat 2025-yil II- chorak davomida tashrif buyurgan kitobxonlar aniqlanadi va markaz tomonidan faxriy yorliq va "Jadidlar toʼplami" bilan taqdirlanadi. 🙋♀️Hurmatli, kitobxon do'stlar imkoniyatdan unumli foydalaning va sovg'alarni qo'lga kiriting.