Kitobni oftobga qiyos qilishadi. Quyosh yer yuziga o’z ziyosini sochib zamindan giyoh undiradi. O’z ziyosi ila yerga harorat va oziq baxsh etadi. Kitob ham inson ongu shuuriga jo bo’lib, uni ulug’vor maqsadlar, bunyodkorlik ishlari sari yetaklaydi. ✅ Shunday maqsadlarni olg‘a surgan holda, 2025 -yil 16-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangidala mahalla hududida joylashgan 8-son umumta'lim maktabi o'quvchilariga targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.