Joriy yilning 18-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitobxonlik madaniyatiga jalb etish maqsadida, MMTBga qarashli 8-sonli bolalar bog‘chasida "Bilimlar mo'jizasi" nomli sayyor tadbir tashkil etildi. ✅ Tadbir davomida markaz xodimlari tomonidan bolalar uchun qiziqarli ertaklar o‘qib eshittirildi, rang-barang rasmlar asosida hikoyalar tuzish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu kabi sayyor tadbirlar bolalar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.Tadbirga15 nafar ishtirokchilar jalb qilindi