Kitobxon onalar kuni

2025-yil 18-aprel kuni Miracho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ma'naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✅ Tadbirning asosiy maqsadi – kitobxonlikni targ‘ib qilish, oilada onaning o‘rnini ulug‘lash hamda onalarning kitobga bo‘lgan mehrini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbirda faol kitobxon onalar, mahalla faollari, o‘qituvchilar va yoshlar ishtirok etishdi. ✅ Dastur davomida onalar ishtirokida kitobxonlik bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi, shuningdek, kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilinib , kuitubxona fondidagi yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi. Tadbir ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi, va 20 dan ziyod ayollar ishtiroki bilan yanada fayzli o'tdi.