Joriy yilning 18-aprel kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar uchun "Kitoblar bilan do‘stlashamiz!" nomli ekskursiya tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – bolalarda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va ular uchun ijodiy muhit yaratishdan iborat bo‘ldi. ✅ Ekskursiya davomida bolajonlar uchun mo‘ljallangan kitob fondi hamda yangi adabiyotlar bilan tanishdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan bolalarga kitoblar qanday tartibda saqlanishi, ularni qanday izlab topish va foydalanish bo‘yicha qiziqarli va sodda tarzda tushuntirishlar berildi.