Inson huquqlari

Joriy yilning 18-aprel kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida mualliflik huquqlarini himoya qilish masalasiga bag‘ishlangan "O`z mulkingni himoya qilish: Mualliflik huquqlari va huquiy madaniyat" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tegishli tashkilotlar vakillari, kutubxona xodimlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. ✅ Davra suhbatining asosiy maqsadi – mualliflik huquqlari, intellektual mulkni himoya qilish, axborot-resurslardan qonuniy foydalanish hamda bu boradagi qonun hujjatlari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. ✅ Tadbir davomida mualliflik huquqlarining buzilishi, internetda noqonuniy kontent tarqatish holatlari, shuningdek, elektron kutubxona fondlaridan foydalanishda duch kelinayotgan muammolar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan keng qamrovli ma’ruzalar tinglandi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.