2025-yil 21-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mirzacho‘l tuman Politexnikumida kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish maqsadida "Ko‘ngilga nur sochgan sahifalar: kitoblar olami" nomli badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✅ Ko‘rgazmada turli mavzulardagi badiiy asarlar, zamonaviy o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat kitoblar namoyish etildi. Unda taniqli yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar ijodiga bag‘ishlangan asarlar ham o‘rin oldi. ✅ Mazkur ko‘rgazma yoshlar ongida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash, ularning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.