Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida 2025-yil 21-aprel kuni 2025-yil 21-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu haftalikning ochilishida MMTB Ma'naviyat va ma'rifat sho'basi mudiri va mutasaddi xodimlari, tuman Madaniyat markazi vakillari va ko'plab kitobxon yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida so'zga chiqqan mehmonlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning ma’naviy tarbiyada tutgan o‘rni haqida so'z yuritib, bunday haftaliklarning yosh avlodni kitobga oshno qilishdagi ahamiyatini alohida ta'kidladilar. Haftalikning ochilish marosimi ko'tarinki ruhda, badiiy-estetik chiqishlar bilan bezatildi. Tadbirda ishtirokchilarning quvnoq milliy raqslari va ilhomli she'rlarini yig'ilganlar ijobiy qarshi oldilar. Ochilish marosimi yorqin taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi.