#Koʼrgazma 📚Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi 2025-yil 21-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" hamda Ichki ishlar organlarida "Ma'naviyat oyligi" doirasida "Kitob — ma'naviyat posboni, huquqiy ong mezoni" mavzusida kitoblar ko'rgazmasi va davra suhbati tashkil qilindi. ✅Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar huquqiy ongni yuksaltirish, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar ongiga sog‘lom ma’naviyatni singdirishda kitobning o‘rni haqida fikr almashdilar. 📖 Tadbir doirasida: Kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi; Ichki ishlar bo‘limi xodimlari va kutubxonachilar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi; Ma'naviyat, huquqiy bilim va yoshlar tarbiyasi borasida dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ma’naviyatni mustahkamlash va huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi.