Kitob – Kelajak poydevori. Kelajakka qadam kitob bilan boʻladi. 📚Yoshlarning bilmga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish maqsadida 21-aprel kuni 5-Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida "Renessans" kitobxonlar klubi aʼzolari oʻrtasida "Zakovat" intelektual oʻyini oʻtkazildi. ✅ Musobaqada 30 ga yaqin ishtirokchilar jamoalarga boʻlinib oʻz bilimlarini sinab koʻrdilar.Koʻtarinki kayfiyat va bahs-munozaraga boy bo‘lgan ushbu musobaqada "Pentagon" jamoasi gʻolib deb topildi.