Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etgan qadriyatlar va milliy madaniyatini aks ettiruvchi boyliklarimizni asrab-avaylash, kelajak avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida 2025-yil 22-aprel kuni Mirzacho‘l tuman-axborot kutubxona markazida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Zukko kitobxon ligasi" loyihasida "Buvim aytgan ertaklar" nomli viktorina o‘yini tashkil etildi. ✅ Ushbu tadbirda milliy urf-odatlar, qadriyatlarni o’zida aks ettirgan "Ur to‘qmoq", "Zumrad va Qimmat", "Oltin tarvuz", "To‘maris" kabi ertaklar asosida yosh kitobxonlar o‘zaro bellashdilar.Loyihamizning yakuniy natijalarga ko'ra tuzilgan savollarga eng ko'p va tezkorlik bilan javob bergan o‘quvchilar axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar