Ekskursiya

Yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomondan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yuksak dunyoqarashli, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxslarni tarbiyalashda albatta kitobxon onalarning rollari katta. 2025-yil 22-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Erjar" mahallasida istiqomat qiluvchi ayollar ishtirokida "Qiziqarli kutubxonada..." nomli ekskursiya tashkil qilindi. ✅ Ekskursiya davomida Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblar qanday tartibda saqlanishi, ularni qanday izlab topish va foydalanish va aʼzo bo‘lish qoidalari haqida maʼlumotlar berildi va qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.