2025-yil 22-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida “Ipak yo‘li” mahallasi hududida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxon oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, o‘qituvchilar, kutubxonachilar, yoshlar va faol kitobxon oilalar ishtirok etdilar. ✅ Davra suhbatining asosiy maqsadi – oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish, farzandlarda kitobga mehr uyg‘otish, ota-onalarning bu boradagi mas’uliyatini oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir doirasida “Kitobxon oila – ma’naviyat asosi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda oila, tarbiya va bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirga 32 nafar ishtirokchilar qatnashdi.