Taqdimot

2025-yil 23-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Mirzacho‘l tumanidagi axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Agrosanoat texnikumi bilan hamkorlikda, Yu Xuaning "Yashamoq" romani taqdimoti tashkil etildi.​ ✅ "Yashamoq" — xitoylik yozuvchi Yu Xuaning 1993-yilda nashr etilgan mashhur romani boʻlib, insonning hayotga boʻlgan munosabati, oilaviy qadriyatlar va jamiyatdagi adolatsizliklarni chuqur tasvirlaydi. Asar 20dan ortiq tilga tarjima qilingan va jahon miqyosida katta shuhrat qozongan. Tadbirda kitobning mazmuni, asosiy g‘oyalari va inson hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar, ayniqsa yoshlar, asarning hayotiy saboqlari va oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilishdagi o‘rnini ta’kidlab, o‘z fikr va taassurotlarini bildirdilar.​ Taqdimot davomida "Yashamoq" kitobining o‘qilishi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga, insoniy qadriyatlarni targ‘ib qilishga xizmat qilishi muhokama qilindi.