2025-yil 23-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Ozbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida kitobxon yoshlar uchun “Yangi kelgan adabiyotlar – yangi bilim ufqlari” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. ✅ Kitob — xalq ma’naviyatining asosi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonidir. Shu bois, kitobxonlikni targ‘ib etish, yangidan-yangi asarlarni keng ommaga yetkazish har doim dolzarb vazifa bo‘lib qoladi. Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida tashkil qilingan korgazmadan so‘nggi oylarda kutubxona fondiga kelib tushgan turli yo‘nalishdagi 200 dan ortiq yangi asarlar o‘rin oldi. Ko‘rgazma kitobxonlarga yangi asarlar bilan yaqindan tanishish, o‘zlari uchun qiziqarli va foydali kitoblarni kashf etish imkonini berdi. Ayniqsa, yoshlarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan bu tadbir ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.