Viktorina savol- javoblar o'yini

2025-yil 24-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun viktorina o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim doirasini kengaytirish va intellektual salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ldi. 🎯 Viktorina savollari turli mavzularni qamrab olib, ishtirokchilarning adabiyot, tarix, san’at va zamonaviy bilimlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Kitobxonlar faol ishtirok etib, o‘z zakovat va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tadbirda 18 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etishdi. 📚 Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi bu kabi tadbirlar orqali nafaqat kitobxonlarni rag‘batlantirmoqda, balki yoshlarni ilm-fan, ma’rifat va tafakkur sari yetaklovchi maskanga aylanmoqda.