Davra suhbati

2025-yil 24-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida “Toshkent” mahallasi hududiga Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish, farzandlarda kitobga mehr uyg‘otish, ota-onalarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish maqsadida “Kitobxon oila” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda aholi va yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi fondidagi kitoblar haqida maʼlumotlar berilib , yangi adabiyotlar koʼrgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 21 nafar ishtirokchilar jalb etildi.