📚2025-yil 24-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" mahallasi yoshlari ishtirokida nafaqat rus,balki jahon adabiyotining durdona asarlari sarsiga kirgan Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ✅ Taqdimotda asarning mazmuni yovuzlik va ezgulik, hayot va mamot kurashi kabi abadiy mavzularda yoritilgani haqida maʼlumotlar berildi. Asarni o‘qigan kitobxon jamiyat va inson illatlariga o‘zgacha nigoh bilan qaray boshlaydi. Adibning bu asari kitobxonlarning ma'naviy mulkiga aylanib, o‘quvchilar tomonidan sevib o‘qilganligi bugungi taqdimotda ayon bo‘ldi. Taqdimot juda qiziqarli va barchani e'tiborini tortdi. Ishtirokchilar tomonidan ijodkorning yana boshqa asarlaridan taqdimot o‘tkazish taklifini berdilar.Tadbirda 25 nafar ishtirokchi qamrab olindi