2025-yil 25-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan MMTB ga qarashli 3-maktab hamkorligida xalqning yuragidagi dardlarini yaxshi his eta olgan Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati "El sevgan shoir" mavzusida sheʼrxonlik kechasi tashkil etildi. ✅ Kecha davomida shoir ijodidan bahru bayt tashkil qilindi. Shoir ijodini sevib o‘qigan ishtirokchilar tomonidan shoirning qoʻshiqqa aylangan xalqimiz koʻnglidan joy olgan sheʼrlari yodga olindi.Davra suhbatida 25 nafar oʻquvchilar faol ishtirok etdilar.