Ko'rgazma

2025-yil 25-aprel kuni "O`zbekiston- kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida viloyat hokimligi topshirig'iga asosan tashkil qilingan "Baxmal vodiylarda qirlarda bahor..." nomli milliy qadriyatlar festivalida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitobsevarlarga kutubxona tuhfasi" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. ✅ Ko'rgazmada 200ga yaqin o'zbek va jahon adabiyoti namoyondalari asarlari bilan bir qatorda, badiiy olamga endi qadam qo'ygan yozuvchilar kitoblari, shuningdek, bolalar adabiyoti namunalari yig'ilganlar e'tiboriga havola qilindi.