Badiiy adabiyotlar bilimdoni

2025-yil 25-aprel  kuni  Mirzacho'l  tuman axborot- kutubxona  markazi  xodimlari  tomonidan "O'zbekiston kitobxonlar yurti" shiori  ostida  V Respublika  "Kitobxonlik  haftaligi" doirasida "Libmob" ,  "Badiiy adabiyotlar bilimdoni" aksiyasi  tuman  aholi  va  yoshlar  orasida  o'tkazildi. ✅ Aksiya  qisqa  blits  so'rovlardan  iborat  bo'lib , el orasida mashhur o'zbek badiiy asarlaridan qiziqarli savollar orqali ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi. Qiziqarli tarzda bo'lib o'tgan aksiya barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.