Taqdimot

2025-yil 30-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tuman agrosanoat texnikumi xodimlari ishtirokida ayni chog‘da yangi usuldagi maktablarning asoschisi va targ‘ibotchisi, yangi darsliklarning ilk muallifi Mahmudxo‘ja Behbudiy buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallagan, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub Tanlangan asarlar kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ✅Taqdimot davomida xalq maʼnaviyatini yuksaltirish, maʼrifat orqali millatning jahonning eng ilg‘or xalqlari darajasiga ko‘rsatishga daʼvat etganliklari haqida maʼlumotlar berildi va fikrlar almashinildi. Uning ilm olishga, ko‘plab tillarni o‘rganishga, ruhiy barkamolikka chorlovchi fikrlari bugungi kun uchun ham qimmatlidir. Tadbirda 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.