Kelajakka qadam kitob bilan boʻladi. Kitobsiz kelajak issigʻi yoʻq quyosh kabidir. 📚📚 Yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida kundan kunga koʻplab kitobxonlik tanlovlari oʻtkazilib borilmoqda. Joriy yilning 30-aprel kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi va homiylar tomonidan "Renessans" kitobxonlar klubi aʼzolari oʻrtasida har oy oʻtkazilib kelinayotgan "Renessans" klub sovrini uchun tanlovning "Aprel oyi" mavsumi gʻolibligi uchun tanlov boʻlib oʻtdi. Bunda kitobxonlar jamoalarga boʻlinib 4 ta shart 1. Tezkor savol-javob 2. Kvest 3. Test yechish 4. Zakovat savollari shartlari asosida bellashishdi. 📚🏆 Umumiy natijaga koʻra "Perfect" jamoasi gʻolib boʻlib, klub homiylari tomonidan togʻlar qoʻyniga "Saʼd Ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi" ga tekin sayohat yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Kitob oʻqigan odam hech qachon yutqazmaydi. Barcha kitobxonlarimizga omad tilaymiz.