2025-yil 5-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Toshkent" mahalla hududida istiqomat qiluvchi aholi va yoshlar o‘rtasida aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, oilaviy kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida “Siz izlagan kitoblar maskani” mavzusida targ'ibot ishlari olib borildi. ✅Olimlarning fikricha, kitobxonlik iste’dod emas, balki ta’lim orqali kamol topadigan fazilatdir. Ma'rifatli oilalarda kitobga e'tibor farzandlar tarbiyasida qo'l keladi.Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi.Tadbirga 30 nafar ishtirokchi jalb qilindi.